Ikki viloyatda 6 kishi is gazidan zaharlandi
Jamiyat
−
25 noyabr 2019
4904Kecha, 24 noyabr kuni O‘zbekistonning ikki viloyatidagi ikki holatda 6 kishi is gazidan zaharlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ`ga ma’lum qildi.
Andijon viloyati, Ulug‘nor tumani hamda Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida 6 nafar fuqaro, jumladan 2 nafar erkak, 3 nafari ayol, 1 nafari voyaga yetmagan qiz gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganliklari oqibatida is gazidan zaharlangan. Ular o‘zlarini noxush his qilib, shifoxona yotkizilgan.
Ushbu xolatlar yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergov oldi tekshiruv xarakatlari olib borilmokda.
Bosh prokuratura bunday ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish uchun fuqarolardan gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilishini so‘rayapti.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr