Video: “O‘zekspomarkaz” koronavirus bemorlari uchun statsionarga aylantirilyapti

Jamiyat

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi “O‘zekspomarkaz” pavilonlarida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olib, kasallikka chalingan bemorlarni joylashtirish uchun koyka-o‘rinlar tayyorlanmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video va fotosuratlarda pavilonlarga bir-biridan pardevorlar bilan ajratilgan yotoqlar joylashtirib chiqilayotganini ko‘rish mumkin.

Ma’lumot uchun, 18 iyul 23:30 holatiga Toshkent shahrida 9 804 kishida koronavirus qayd etilgan. Ularning 4 784 nafari sog‘aygan va 46 nafari vafot etgan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 49 foizga teng.

Avvalroq, Toshkentdagi barcha davlat tibbiyot muassasalari xatlovdan o‘tkazilgani va 2 358 ta koyka zaxirasi shakllantirilgani ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda O'zekspomarkaz

Baholaganlar

201

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing