Yunusoboddagi bino quladimi yo qulatildi? (video)

Jamiyat 21835
-

Bugun, 31 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Amir TEmur ko‘chasidagi binoning bir qismi qulab tushgani aks etgan video tarqaldi. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi bino qismining qulashi yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, bino o‘z-o‘zidan qulamagan, balki rejaga ko‘ra, buzilgan.

“Aslida, ushbu xolat Toshkent shahar Yunusobod tumanining Amir Temur ko‘chasida joylashgan sobiq “Aurum” restorani joylashgan binoni rejali buzish ishlari aks etgan tasvirlardir”, deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, ushbu joyda ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilishi rejalashtirilgan. Binoni buzish ishlari barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda devor bilan o‘rab olinib amalga oshirilmoqda.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 730
Reyting: 3
Teglar
FVV
t
×