Urganchda qator cheklovlar qayta joriy qilindi
Jamiyat
−
09 iyun 2020
8232Avvalroq, O‘zbekistonda hududlardagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, ularning toifalari qayta ko‘rib chiqilgani haqida xabar bergan edik.
O‘zgartirish natijasida Urganch shahri “qizil” toifadagi hududga kiritilgandi. Shu sababli shaharda qator karantin cheklovlari qayta tiklanadigan bo‘ldi.
Urganchda quyidagi cheklovlar qayta kuchga kiradi:
• avtomashinalar yuvish shohobchalari faoliyati, avtomobillar, qishloq ho‘jaligi va qurilish texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati;
• hunarmandchilik, maishiy jihozlar va elektron qurilmalarni ta’mirlash ustaxonalari faoliyati;
• park va istirohat bog‘lari faoliyati;
• nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo faoliyati, zargarlik va gul sotish do‘konlari faoliyati;
• yo‘nalishsiz taksida yo‘lovchi tashish faoliyati;
• jamoat transporti harakati faoliyati;
• barcha turdagi ommaviy tadbirlar (konsert, teatr, kinoteatr, muzey, sport tadbirlari), oilaviy tantana, ma’raka va marosimlari (dafn marosimlari 10-15 kishidan ko‘p bo‘lmagan hollar bundan mustasno) faoliyati;
• buyum bozorlari faoliyati;
• savdo majmualari faoliyati;
• sartaroshxona va go‘zallik salonlari faoliyati;
• sport zallari va fitnes klublar, spa va massaj salonlari faoliyati;
• tungi klub va diskotekalar faoliyati;
• karaoke va bilyard zallari, chilim (kalyan) markazlari, kompyuter o‘yinlari faoliyati;
• umumiy ovqatlanish korxonlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyati (yetkazib berish uchun tayyorlash bundan mustasno);
• yaxna ichimlik savdo nuqtalari faoliyati;
• ta’lim tashkilotlari (bog‘cha, maktab, litsey, kollej, texnikum, institut, universitet va boshqalar) o‘quv kurslari faoliyati;
• mehmonxonalar, shuningdek, xostellar va mehmon uylari faoliyati;
• davlat organlari va tashkilotlarida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar qabuli faoliyati;
• o‘zini-o‘zi yakkalash hayot tarzi (65 yoshdan oshgan shaxslar uchun) majburiy.
LiveBarchasi
16:25