OAV: AQSH Xitoyga qarshi keng qamrovli sanksiya ishlab chiqmoqda
Olam
−
01 may 2020
7200Amerika Qo‘shma Shtatlari koronavirus tarqalishining haqiqiy darajasini yashirishga qasddan qilingan urinishlari uchun Xitoyga qarshi sanksiyalarni o‘z ichiga olgan keng qamrovli jazo paketini ishlab chiqmoqda. Bu haqda CNN bir nechta manbalarga tayanib xabar bermoqda.
“Tramp ma’muriyati koronavirus pandemiyasi tufayli Xitoyni bir vaqtning o‘zida bir necha jabhalarda jazolash uchun uzoq muddatli reja ustida ishlamoqda”, deyiladi xabarda.
Prezident Donald Trampning o‘zi bir necha bor Pekinni qabul qilinmagan xatolar va COVID-19 epidemiyasining tarqalishini yashirishga urinishda aybladi. Ammo bu safar AQSHning harakatlari “Trampning kampaniya strategiyasidan yaxshiroq”, deydi manbalar.
Shu bilan birga, rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, Vashington “sanksiyalar AQSH qarzlarini bekor qilish va yangi savdo siyosatini ishlab chiqish” kabi ko‘plab vositalarni joriy etishni ko‘rib chiqmoqda.
“Buni qanday qilish haqida ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Ammo biz xitoyliklarga ularning xatti-harakatlari mutlaqo jazoga loyiq ekanligini ko‘rsatadigan yo‘l topamiz”, degan rasmiy manba.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Xitoyning AQSH oldidagi qarzi 1 trln dollarni tashkil etmoqda.
LiveBarchasi