Trampda koronavirusni sun’iy ravishda yaratilishi haqida dalil bor

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp, Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriya koronavirusning manbayi bo‘lganligi haqida gapirishga imkon beradigan ma’lumotlarga ega ekanligini aytdi. Bu haqda bugun, 1 may kuni “Reuters“ agentligi xabar qildi.

“Ha, menda dalillar bor. Lekin sizga buni oshkor qila olmayman. Menda bunday huquq yo‘q“, deydi Tramp tafsilotlarni aytishdan bosh tortib.

Shuningdek, Tramp Xitoy koronavirusni to‘xtatishi mumkinligini, lekin u bunday qilmaganini aytib otdi. Uning fikricha, Xitoy yoki bu ishni qilolmagan, yoki bu ishni qilishni xohlamagan.

“Virus to‘xtatilishi mumkin edi. Lekin u tezda Xitoydan tashqariga chiqdi“, deydi Tramp Oq uydagi matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Davlat Departamentining Razvedka va tadqiqotlar byurosi koronavirusining sun’iy ravishda kelib chiqishi to‘g‘risida dalillar topa olmagani haqida bayonot bergan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 1 095 304 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 155 737 nafari sog‘aygan, 63 871 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 875 696 kishini tashkil qilmoqda.

 

Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Koronavirus AQShda Koronavirus keli chiqishi

Baholaganlar

544

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing