Pompeo Rossiya va Xitoy ta’sirini kamaytirish uchun Markaziy Yevropaga keldi
Olam
−
12 avgust 2020
8374AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo Markaziy Yevropaning Chexiya, Sloveniya, Avstriya va Polsha davlatlariga tashrif buyuradi. Amerika tashqi siyosati rahbarining turnesi 11-15 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. U yevropalik do‘stlarini Xitoy 5G tarmog‘idan va Rossiya gazidan voz kechishga ko‘ndirmoqchi.
Ushbu safar Pentagon Germaniyadan 12 ming nafar harbiysini qisman AQSHga qaytarish va qolganlarni NATOga a’zo boshqa mamlakatlarga ko‘chirish qarori ortidan amalga oshirilmoqda. Ana shunday o‘zgarishlar ortidan AQSH va Yevropada xavotirlar ortgan.
Pompeo tashrif chog‘ida energetik xavfsizlik masalasini ham muhokama qiladi. Rossiya va Germaniyani bog‘laydigan “Shimoliy yo‘nalish-2” gaz quvuri qurilishi yakuniga yetar ekan, AQSHning e’tirozlari kuchaygan.
AQSH Bosh diplomati ilk tashrifini 11 avgust kuni Chexiya Tashqi ishlar vaziri Tomash Petrjichek bilan uchrashuvdan boshladi.
Chexiyaning Plzen shahridagi “Amerikaga tashakkur!” nomi bilan mashhur yodgorlik qarshisida so‘zlar ekan, Pompeo chex xalqiga ehtirom uchun minnatdorlik bildirdi.
Pompeo Chexiyada Bosh vazir Andrey Babish va Prezident Milosh Zeman bilan ham uchrashadi.
LiveBarchasi