Qo‘qondagi 55 kishi hibsga olingan janjalning sababi aytildi
Jamiyat
−
20 fevral 2020
17586Avvalroq, Qo‘qon shahridagi choyxonaa janjal chiqqani, natijada 3 kishi o‘qotar quroldan jarohatlangani haqida xabar bergan edik. Janjal ortidan 55 kishi hibsga olingandi.
Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ushbu voqealar xususida so‘z bordi.
“Qo‘qonda sodir etilgan jinoiy holat arzimagan kelishmovchilikdan kelib chiqqan bo‘lib ikki tomon o‘rtasidagi katta janjalga aylangan. Biz dastlab jabrlanuvchi bilan shifoxonada gaplashganimizda uydagi janjal sabab oynani sindirish oqibatida qo‘lini kesib olganligini bildirdi. Choyxonadagi kameralar esa barcha holatga oydinlik kiritdi. Yigitlar qo‘llariga rezina tayoq, pichoq va boshqa jismlar olib, janjallashib, bezorilik qilishgan. Viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda”, deydi viloyat IIB boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jayev.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismining tegishli bandlari (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd) va 277-moddasi (bezorilik) bilan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 30 nafar shaxsga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Jinoyat ishiga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan yana 25 nafar shaxs aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy qamoq qo‘llanildi. Hozirda ularning ushbu hamda boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
LiveBarchasi