9 hududda qariyb 300 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 28 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 297 nafarga oshib, 21 506 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari:

•    125 nafari Toshkent shahrida (ulardan 72 nafari tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan  fuqarolar, 53 nafari esa Qozog‘istondan “G‘ishtko‘prik” chegara posti orqali kelgan va O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan hamda namuna olingan fuqarolar orsida);

•    68 nafari Toshkent viloyatida;

•    32 nafari Buxoro viloyatida;

•    21 nafari Sirdaryo viloyatida;

•    18 nafari Namangan viloyatida;

•    11 nafari Navoiy viloyatida;

•    10 nafari Farg‘ona viloyatida;

•    9 nafari Andijon viloyatida;

•    3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 11 674 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 9 710 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 215 nafari og‘ir, 81 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

289

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing