Tesla eng arzon elektromobilini yangilaydi
Texnologiya
−
15 Sentabr 2020
10770Amerikaning Tesla kompaniyasi o‘zining Model 3 elektromobilini yangilashni rejalashtirmoqda. Bu haqda "The Driven" xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, avtomobil yangi optika, boshqacha rul va markaziy konsolga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, elektromobilda xrom qismlari sezilarli darajada kamaytiriladi. Shuningdek, mashinaning avtopilot tizimi yangilanmoqda.
Bugungi kunda Tesla Model 3 avtomobili bir nechta variantlarda taqdim etilgan. Avtomobilning eng arzon orqa g‘ildirakli versiyasi bitta zaryad bilan 418 km masofani bosib o‘tishga qodir. Avtomobil 5,6 soniyada 100 km/soatgacha tezlashadi.
Long Range va Performance versiyalaridagi to‘liq g‘ildirakli Tesla Model 3 esa bitta zaryad bilan 499 kmgacha yura oladi. Mos ravishda bu ikki versiya 4,5 va 3,3 soniyada 100 km/soatgacha tezlashadi.
AQSHda Tesla Model 3 narxi 31 ming 690 dollardan boshlanadi.
Rushanabonu Sultonova
LiveBarchasi