Qirg‘iz-tojik chegarasida qurolli mojaro yuz berdi (video)

Olam

Kecha, 22 iyul kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida qurolli mojaro yuz berdi. Oqibatda besh kishi jabrlandi. Bu haqda TASS Qirg‘iziston Davlat chegara xizmatiga tayanib xabar berdi.

“Mojaro Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, besh kishi yaralangan”, deyiladi xabarda.

Mojaroga Tojikistonning Vorux qishlog‘i aholisi o‘z qishloqlariga kiraverishda flagshtok o‘rnatishi sabab bo‘ldi.

“Qirg‘izistonning Oqsoy qishlog‘i aholisi flagshtok o‘rnatilishiga qarshi bo‘lgan. ikki o‘rtada dahanaki janjal boshlangan. Natijada tomonlardan biri qurol ishlatgan”, deb ta’kidlagan DCHX. Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolar ov qurolidan o‘q uzgan.

Ayni vaqtda Tojikistonning Isfara shahri va Vorux anklavini bog‘lovchi avtotrassa yopilgan. Voqea joyiga ikki davlat chegara xizmati vakillari yetib kelgan.

“Ular mojaroning oldini olish va kengaymasligi uchun qo‘shma tadbirlar o‘tkazyapti. Voqea joyida huquqni himoya qiluvchi organ va mahalliy hokimiyat organi vakillari ham yetib borgan”, deyiladi xabarda.

Tojik tomonning ma’lum qilishicha, chegaradagi mojaroda 16 tojik jabrlandi, militsiyaning bir xodimi og‘ir yaralandi.


Maqola muallifi

Teglar

chegara mojaro Qirg'iziston-Tojikiston

Baholaganlar

157

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing