Bizda ma’lum keskinlik bor – Lukashenko Putin bilan munosabatlaridagi muammolarni aytdi
Olam
−
07 avgust 2020
9710Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelgan. Bu haqda belaruslar yetakchisi ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordonga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Bizda ma’lum keskinlik bor, chunki ikkimiz ham kuchli shaxslarmiz. Men Vladimir Vladimirovichni aka deb hisoblayman. Ammo sen kattasan, biz esa kichikmiz qabilida emas. Haqiqatan, u ham yoshda, ham vaznda katta. Ammo aka-ukalar munosabatida, katta aka ukasini doim qo‘llab-quvvatlashi kerak deb hisoblayman. Men ko‘pincha Putinga aytaman: “Katta aka yordam berishi, yo‘l ko‘rsatishi kerak, yugurib, harakat qilayotganida chalib, yiqitishi emas”, degan Lukashenko.
Putin va Lukashenko munosabatlari so‘nggi vaqtlarda yaxshi emasligi ikki rahbar Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etish uchun Qizil maydonga yig‘ilganda oydinlashdi. Parad davomida Lukashenko Putindan uzoq yurdi.
Bundan tashqari, yaqinda Minsk chetidagi sihatgohda Rossiyaning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi jangchilarining hibsga olinishi ham ikki davlat munosabatlariga salbiy ta’sir o‘tkazyapti.
LiveBarchasi