Video: Eron-afg‘on chegarasida kuchli portlash yuz berdi. 500 ga yaqin benzovoz yonmoqda
Olam
−
14 fevral 2021
15394Kecha, 13 fevral kuni Afg‘onistonning Eron bilan chegaradosh hududida, Hirot viloyatidagi chegara punktida yuzlab "benzovoz" portladi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, Eron hukumati yong‘in joyiga chegara orqali o‘t o‘chirish va tez tibbiy yordam mashinalarini yo‘llagan. Mahalliy aholi to‘s-to‘palondan foydalanib, vaziyat nazoratga olinmasdan oldin chegarani ommaviy ravishda kesib o‘ta boshlagan.
Hirot viloyati gubernatori Vohid Katalining so‘zlariga ko‘ra, u yong‘inni o‘chirishda Eron hukumati va mamlakatda joylashgan NATO kuchlari va vakillaridan yordam so‘rashga majbur bo‘lgan. Gubernator agar uni o‘chirish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmasa, yong‘in viloyat elektr ta’minoti tizimiga jiddiy zarar yetishidan xavotirda.
Hirot gubernatori Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, 500 ga yaqin avtomobil yongan, hozirda yong‘in nazoratga olingan. Mashinalarning 70 tasi Eronniki ekani aytilmoqda. Hodisada kamida 70 kishi jabrlangan.
Eron tomoni vaziyatni nazoratga olish uchun 21 ta o‘t o‘chirish va 20 ta tez yordam mashinasini yuborgan.
Hirot Savdo-sanoat palatasi rahbari Yunus Qozizodaning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in millionlab dollar zarar yetkazgan.
“Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yong‘in 50 million dollardan ziyod zarur yetkazgan”, degan u.