Video:Bodrum suv ostida qoldi
Olam
−
12 Oktabr 2019
7087Joriy yilning 8-9 oktyabr kunlari Turkiyaning mashhur kurort shahri Bodrum kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida suv toshqinlari yuz berdi. Shahardagi besh yulduzli mehmonxonalarni ham suv bosdi.
Shahardagi ko‘plab ko‘chalarni yopishga to‘g‘ri kelgan. Mahalliy qutqaruv xizmatlari suv to‘lgan ariqlar tozalash va odamlarning uyidan suvni haydash ishlarini davom ettiryapti. Suv bosgan mehmonxonalardagi mijozlarni esa zudlik bilan ko‘chirishga to‘g‘ri keldi.
Mahalliy hokimiyat vakillari shahar aholisi va mehmonlarini xotirjamlikni saqlash va transport vositalaridan foydalanmaslikka chaqiryapti.
Kuchli yomg‘irdan eng ko‘p “Vogue Bodrum” va “Lujo” mehmonxonalari zarar ko‘rgan. Ushbu mehmonxonalarda suv mijozlar xonasigacha kirib borgan. Suvni chiqarish va tozalash uchun mehmonxona xodimlari jalb etildi.
Ma’lumot uchun, 2018 yilda Bodrumga dam olish uchun 1 million 117 ming turist kelgan. 2019 yilda bu ko‘rsatkich 1,5 mlnga yetishi taxmin qilingandi.
LiveBarchasi