Andijonda yigit qiz sabab tengqurini pichoqladi
Jamiyat
−
02 iyul 2020
9972Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Asaka tumanida pichoqbozlik bo‘lgani haqida xabar va video tarqaldi. IVV huzuridagi Tergov departamenti mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, videodagi voqea joriy yilning 22 iyun kuni soat 10:00 da Asaka tumani “Beruniy” MFY hududida joylashgan “Sulton Saroy” kafesi oldida yuz bergan. 25 yoshli S.N. 25 yoshli D.O., ga tanish qizga nima uchun qo‘ng‘iroq qilganligini so‘rab, u bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Janjal vaqtida S.N. yonida bo‘lgan xo‘jalik pichog‘i bilan D.O.ning o‘ng orqa ko‘krak sohasiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat Asaka tumani IIB ning jinoyat haqidagi hodisa va xabarlar ro‘yxatidan o‘tkazilib, hodisa joyiga tuman IIB tergov-tezkor guruhi a’zolari chiqqan, hodisa joyi ko‘zdan kechirilgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida S.N.dan bir dona xo‘jalik pichog‘i hamda D.O.ni hodisa vaqtida egnida bo‘lgan ustki kiyimlari xolislar ishtirokida bayonnoma orqali olingan.
Sudga oid ekspertiza xulosasiga ko‘ra, D.O. “o‘rtacha” og‘ir turdagi tan jarohati olganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari (badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazib, sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni (qurol sifatida) qo‘llash bilan sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. S.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki Tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi