Video: Attraksion sinishi natijasida 2 kishi halok bo‘ldi

Olam

Hindistonda istirohat bog‘idagi attraksionning sinishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi va 27 kishi turli darajada jarohatlandi. Bu haqda NDTV xabar berdi.

Baxtsiz hodisa Gujarot shtatining Ahmadobod shahrida sodir bo‘ldi. Halokat natijasida attraksiondagi odamlar yiqilib tushgan. Natijada, kamida 15 kishi og‘ir jarohat olgan. Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 iyun kuni Jizzaxda “Uchar tarelka” attraksioni sinishi natijasida bir kishi halok bo‘lgandi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston fojia

Baholaganlar

171

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing