Video: “Ahmadboy” ishi bo‘yicha sud oxirlab qoldi. Ayblanuvchilarning so‘nggi so‘zi tinglandi
Jamiyat
−
06 may 2019
14076Avvalroq, “Ahmadboy” nomi bilan tanilgan chinozlik Ahmadjon Tursunboyev ishi bo‘yicha sud jarayoni bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik.
Sudlanuvchilar Ahmadjon Tursunboyev va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman sudida sudya Xayriddin Shermuhamedov raisligida bo‘lib o‘tgan eshituvda ayblovchi va himoyachilar hamda ayblanuvchilarga so‘nggi so‘z berildi.
Sudda himoyachilar mijozlariga yengilroq jazo tayinlashni so‘radi. Sudda qatnashgan guvohlar sudlanuvchilarga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirdi.
Sudlanuvchilar qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, O‘zbekiston xalqi va Prezidentidan kechirim so‘radi. Shuningdek, ular sudyadan 3 yildan beri qamoqda qolayotgani va boshqa imtiyozlarni inobatga olgan holda ularga ozodlikdan mahrum qilish bilan aloqador bo‘lmagan jazo tayinlanishini so‘radi.
Sud shu bilan o‘z ishini yakunladi. Keyingi sud majlisi joriy yilning 20 may kuni o‘tkaziladi. O‘shanda ayblanuvchilarga sud hukmi o‘qib eshittirilishi rejalashtirilgan.
E’tiboringizga Ahmadjon Tursunboyev ishi bo‘yicha o‘tkazilgan sud jarayonidan videotasvirni havola qilyapmiz.
LiveBarchasi