So‘rov: AQSH fuqarolarining deyarli yarmi Trampning impichmentini ma’qulladi
Jamiyat
−
23 yanvar 2020
4401“Reuters” axborot agentligi va Ipsos kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, amerikaliklarning 44 foizi AQSH prezidenti Donald Trumpning impichmentini zarur, deb hisoblashgan.
O‘z navbatida, so‘rovda ishtirok etganlarning 31 foizi Trumpdan ayblarni olib tashlash kerak degan fikrda.
72 foiz amerikaliklar Senatdagi impichment jarayoni paytida guvohlar tinglanishi kerak, degan fikrda.
Ta’kidlanishicha, ushbu so‘rov AQSH bo‘ylab 17 yanvardan 22 yanvargacha o‘tkazilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Trampning impichment bo‘yicha sudi 21 yanvar kuni Senatda boshlandi.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi