Vafot etgan shaxs deputatlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olindimi?
Jamiyat
−
20 noyabr 2019
7341Joriy yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Mamlakatdagi 5 siyosiy partiya allaqachon o‘z nomzodlarini olg‘a surib bo‘ldi.
Bu orada ijtimoiy tarmoqlarda bir necha yil oldin vafot etgan shaxsning deputatlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olingani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi ushbu xabarlarga quyidagicha munosabat bildirdi:
“Markaziy saylov komissiyasi bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, bir necha yil oldin vafot etgan shaxsning deputatlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olinganligi haqidagi tahminiy xabarlarga munosabat sifatida bu ma’lumotning haqqoniyligini tekshirish yuzasidan ish boshlaganini ma’lum qiladi. Markaziy saylov komissiyasi qisqa vaqt ichida jamoatchilikka tekshiruv natijalari haqida xabar beradi”.
LiveBarchasi