Rossiya MSK prezidentlik saylovining yakuniy natijalarini e’lon qildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti saylovida Vladimir Putinga saylovchilarning 87,28 foizi, ya’ni 76 million 277 ming 708 nafari ovoz berdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilova ma’lum qildi.

  • Kommunistik partiya nomzodi Nikolay Xaritonov 4,31 foiz yoki 3 million 768 ming 470 ovoz to‘pladi.
  • “Yangi odamlar” vakili Vladislav Davankov 3,85 foiz yoki 3 million 362 ming 484 nafar ovoz oldi.
  • LDPR nomzodi Leonid Slutskiy uchun 3,2 foiz yoki 2795629 saylovchi ovoz berdi.

Prezidentlik saylovlarida yakuniy ishtirok 77,49 foizni tashkil etgan.

Ilgari Markaziy saylov komissiyasi saylovchilarning 77,44 foizi ishtirok etganini qayd etib, bu rekord ko‘rsatkich ekanini ta’kidlagan edi.

Pamfilovaning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy Rossiya tarixida hech qachon bunday ko‘rsatkichlar bo‘lmagan.

Shuningdek, MSK rahbari saylovlar davomida masofaviy elektron ovoz berish tizimiga qilingan 420 mingta hujum qaytarilganini ma’lum qildi.

“Markaziy saylov komissiyasi resurslariga 12,2 million DDoC hujumi amalga oshirilgan, ularning umumiy davomiyligi 84 daqiqani tashkil qilgan”, deydi Pamfilova.

Ma’lumot uchun, Rossiyada prezidentlik saylovlari 15-17 mart kunlari bo‘lib o‘tdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Markaziy saylov komissiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing