Vestminster universiteti yonidagi bog‘da yong‘in chiqdi
Jamiyat
−
22 yanvar 2020
5989Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetida yong‘in sodir bo‘lgani tasvirlangan video tarqalgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in Vestminster universitetida emas, balki unga yondosh bog‘da sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, kecha, 21 yanvar kuni soat 20:27da Mirobod tumani “Ming O‘rik” mahallasi, Amir Temur shox ko‘chasida joylashgan “Bolajon” bog‘ida yong‘in sodir bo‘lgan. Mazkur bog‘, Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti yonida joylashgan.
Voqea yuzasidan, tuman yong‘in-qutqaruv xizmati belgilangan manzilga soat 20:32da yetib borgan. Yong‘in soat 20:42 da o‘chirilgan. Aniqlanishicha, bog‘dagi eski oshxona ichki qismining 5 kv metr maydoni yongan. Yuzaga kelgan yong‘in sabablari aniqlanmoqda.
LiveBarchasi