Venus Uilyams o‘zidan 8 yosh kichik aktyorga turmushga chiqdi

Sport

image

Yetti karra “Katta dubulg‘a” turniri chempioni va dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi, 45 yoshli amerikalik Vinus Uilyams o‘zidan 8 yosh kichik daniyalik aktyor Andrea Pretiga turmushga chiqdi. Bu haqda Uilyams o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘y marosimi AQSHning Palm-Bich shahrida joriy yilning 20 dekabr kuni boshlangan va 5 kun davom etgan.

“Ha, bu rost. Biz turmush qurdik. Bu orzu edi va hali ham orzu”, deb yozadi Venus ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Venus Uilyams joriy yilning dekabr oyining boshida ijtimoiy tarmoqlar orqali Preti bilan unashtirilganini tasdiqlagan edi.

Ma’lumot uchun, 45 yoshli Vinus Uilyams besh karra Uimbldon chempioni va ikki karra US Open yakkalik bahslari g‘olibi hisoblanadi. Bundan tashqari, Uilyams bir marta yakkalik bahslarida (2000) va uch marta juftlik bahslarida (2000, 2008, 2012) Olimpiya chempioni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

tennis Vinus Uil'yams Andrea Preti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing