Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

Vengriya YeIning Ukrainaga yangi yordam paketini blokladi – “Politico”

Olam

image

Vengriya hukumati Yevropa Ittifoqidan Ukrainaga 20 milliard yevro miqdoridagi yangi harbiy yordam paketini tasdiqlashga to‘sqinlik qilmoqda. Bu haqda kecha, 4 mart kuni Yevropaning “Politico” portali xabar berdi.

“Vengriya Kiyev uchun 20 milliardni muzlatib qo‘yish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishi kutilmoqda. Budapesht Yevropa Ittifoqining kengroq mudofaa kuchayishini qo‘llab-quvvatlashi mumkin, ammo Ukrainaga yordam paketiga mutlaqo qarshi”, deb yozadi “Politico”.

U 6 mart kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan sammitda Ukrainaga yordam berish uchun “Yevropa Ittifoqidan yangi keng ko‘lamli qadamlarni kutmaslikka” chaqirmoqda.

Portalga ko‘ra, Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas Kiyevga yangi yordam ajratish tarafdori bo‘lgan, biroq Vengriya veto qo‘ygan. Bu 28 fevral kuni Oq uyda Vladimir Zelenskiy va Donald Tramp o‘rtasidagi mojarodan oldin ham sodir bo‘lgan.

“Politico” nashrining yozishicha, Vengriya va Slovakiya Bosh vazirlari Viktor Orban va Robert Fitso yangi yordam paketiga ochiqchasiga qarshi chiqishgan.

Yevrokomissiya 150 mlrd yevrolik mudofaa rejasini taqdim etdi north_east

Yevrokomissiya 150 mlrd yevrolik mudofaa rejasini taqdim etdi

“Ammo diplomatlarning ta’kidlashicha, boshqa poytaxtlar, shu jumladan Parij ham moliyalashtirish paketi sekinlik bilan harakatlanayotganini ko‘rishdan mamnun”,  deb da’vo qilmoqda portal.

Unga ko‘ra, Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen katta ehtimol bilan Kiyevni qo‘llab-quvvatlashning muqobil usullarini taklif qiladi. Masalan, bir variant barcha yangi mudofaa kreditlarining 20 foizini Kiyevga yordam berish uchun ajratishdir.

“Politico” 20 milliard yevrolik harbiy yordam paketi ishlab chiqilishi haqida ilk bor 21 fevral kuni Yevropa Ittifoqi diplomatlariga tayanib yozgan. O‘shanda ham ular Vengriyaning qarshiligi tufayli bu miqdor butun hamjamiyatdan emas, balki YeIning alohida davlatlaridan transferlar ko‘rinishida o‘tkazilishi mumkinligini aytishgan.

Shu bilan birga, Amerikaning “Bloomberg” agentligi Yevropa Ittifoqining Kiyevga 20 milliard yevro ajratish rejalari haqida yozdi. Uning qayd etishicha, paketga artilleriya snaryadlari, havo hujumidan mudofaa tizimlari va raketalar bo‘lishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Ukraina Vengriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing