Vengriya YeI Kengashiga raislik qiladi

Olam

image

Vengriyaning Yevropa Ittifoqi Kengashiga navbatdagi olti oylik raislik vakolati bugun, 1 iyul kunidan boshlanadi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Vengriyaning ushbu vakolat muddati 2024 yilning 31 dekabr sanasigacha davom etadi. Kengashga raislik har olti oyda bir marta Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan 27 davlat o‘rtasida o‘tadi. Raislik qiluvchi mamlakat Kengash ishiga rahbarlik qiladi va Yevropa Ittifoqining boshqa institutlari bilan muzokaralarda barcha a’zo davlatlar bilan hamkorlikda ish olib boradi. 

O‘z dasturining ustuvor yo‘nalishlarini sanab o‘tishda Vengriya Yevropaning barcha sohalardagi raqobatbardoshligini oshirishni birinchi o‘ringa qo‘ydi va bu maqsadni YeI Kengashi siyosatining barcha sohalariga integratsiya qildi. Ustuvor yo‘nalishlar qatoriga ittifoqning kengayishi bo‘yicha samarali yutuqlarga asoslangan tashqi siyosat, noqonuniy migratsiyani hal qilish kiradi. Shuningdek, ular orasida mintaqaviy tafovutlarni kamaytirish, iqtisodiy, ijtimoiy va hududiy birlikni mustahkamlash orqali birlashish siyosatining kelajagini shakllantirish, fermerlarga yo‘naltirilgan kooperativ qishloq xo‘jaligi siyosati hamda demografik muammolarni hal qilish masalalari ham bor.

Ma’lumot uchun, Kengash Yevropa Ittifoqining yetti institutidan biri hisoblanadi. Uning rasmiy nomi - Yevropa Ittifoqi Kengashi, qisqacha Kengash deb yuritiladi. Kengash Yevropa Komissiyasi tomonidan taklif qilingan qonun hujjatlarini muhokama qiladi va qarorlar ko‘pincha Yevropa parlamenti bilan qo‘shimcha muhokamalardan so‘ng qabul qilinadi. Kengash har bir Yevropa Ittifoqi davlatining vazirlaridan iborat. Raislik lavozimini egallagan mamlakat kun tartibini belgilash, muhokamalar ish jarayoniga mos kelishini va muzokaralarning professional tarzda o‘tkazilishini ta’minlash uchun javobgardir.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Vengriya raislik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing