Vengriya va Gretsiya YeIning Rossiyaga qarshi 11-sanksiya paketini blokladi

Olam

image

Gretsiya va Vengriya Yevropa Ittifoqi doimiy vakillari qo‘mitasi yig‘ilishida Rossiyaga qarshi 11-sanksiya paketining yangi loyihasini blokladi, ular Rossiyaning G‘arb sanksiyalarini yengib o‘tishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlovchilar ro‘yxatidan ayrim kompaniyalarni chiqarib tashlashni talab qilmoqda. Bu haqda Belgiyaning RTBF telekanali xabar berdi.

Telekanalga ko‘ra, Yevrokomissiyaning yangi sanksiyalar loyihasiga YeI mamlakatlari tomonidan tizimli e’tirozlar yo‘q. Ammo Gretsiya va Vengriya bunga qarshi chiqqan.

“Politico” gazetasi Yevropa nashri manbalariga tayanib, sanksiyalar muhokamasi 14 iyunga ko‘chirilganini ma’lum qildi.

Kecha, 7 iyun kuni Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqi elchilarining yig‘ilishida Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha takliflarning yangi tahririni taqdim etdi, ammo ular kelishuvga erisha olmagan.

“Yevropa Ittifoqi elchilari bu takliflarni muhokama qilish uchun 14 iyun kuni qaytib kelishadi”, deb yozgan gazeta.


Maqola muallifi

Teglar

Gretsiya Vengriya sanktsiya paketi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing