Vengriya Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rozi bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 27 yanvar kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirish bo‘yicha yana bir bor kelishib olishga tayyorlanmoqda va Vengriya bu qarorni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun Bryusselda Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. 

“Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlari Vengriyaning energiya xavfsizligi bo‘yicha xavotirlari haqidagi bayonotni qabul qilishlari evaziga Vengriya tomoni sanksiyalarni uzaytirishga rozi”, deyiladi xabarda. 

Ma’lum qilinishicha, Yevropa Ittifoqining sanksiyalar rejimi har olti oyda yangilanishini talab qiladi. Hech bir davlat bunga qarshi chiqmasligi kerak. Choralarning uzaytirilishi 15 ta sanksiyalar paketining ta’sirini belgilaydi, shu jumladan Rossiya suveren aktivlarining deyarli 200 milliard yevrosini blokirovka qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqiga raislik qiluvchi Polsha Bosh vaziri Donald Tusk Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanni Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarni uzaytirishga veto qo‘ysa, buning oqibatlari bilan tahdid qilgandi. Uning yozishicha, agar Vengriya Bosh vaziri Yevropa sanksiyalarini to‘sib qo‘ysa, Putin tomonga o‘ynayotgan bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa Ittifoqi Vengriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing