Vengriya Prezidenti Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish taklifini ratifikatsiya qildi
Olam
−
06 mart
3114Vengriya Prezidenti Tamash Shuyok kecha, 5 mart kuni Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini ratifikatsiya qiluvchi qonunni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu Shuyokning yangi lavozimdagi birinchi qarori bo‘lgan.
Avvalroq, 2 mart kuni Shvetsiyaning Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish haqidagi arizasini ratifikatsiya qiluvchi hujjat Vengriya parlamenti spikeri Laslo Kover tomonidan imzolangan va e’lon qilish uchun mamlakat Prezidenti ma’muriyatiga yuborilgan edi. Vengriya parlamentida 26 fevral kuni Shvetsiyaning arizasi ma’qullangan.
Shvetsiya 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida qo‘shni Finlyandiya bilan bir vaqtda NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berdi. Finlyandiya rasman 2023 yil 4 aprelda Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo bo‘ldi.
Ayni paytda Shvetsiyaning NATOga kirishiga Turkiya va Vengriya o‘rtasida kelishuv yo‘qligi sabab bo‘ldi. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 2024 yil yanvar oxirida Shvetsiyaning ittifoqqa qo‘shilishi protokolini tasdiqladi.
LiveBarchasi