Vengriya NATOning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashiga to‘sqinlik qilmaslikka rozi bo‘ldi
Olam
−
13 iyun
4315Vengriya NATOning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashiga veto qo‘ymaslikka rozi bo‘ldi, biroq Budapesht birgalikda yordam ko‘rsatish uchun mablag‘ yoki harbiy xizmatchilarni ajratmaydi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Viktor Orban Budapeshtdagi Karmelita monastirida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Men Bosh kotibdan NATO hududidan tashqaridagi barcha harbiy harakatlar faqat NATO qoidalari va urf-odatlarimizga muvofiq tarzda bo‘lishi mumkinligini tushuntirishni so‘radim”, deydi tinchlikparvarlik rolini o‘z zimmasiga olishga urinayotgan Orban.
Stoltenberg Vengriya NATO rejalarida ishtirok etmasligini tasdiqladi va bu pozitsiyani to‘g‘ri qabul qilishini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Bryussel NATOning Ukrainadagi harbiy missiyasini rejalashtirayotganini aytgandi.
LiveBarchasi