Vengriya qachon Rossiyaga qarshi borishi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Vengriya Rossiya neftini import qilishni taqiqlashni qo‘llab-quvvatlashga tayyor, ammo Yevropa Komissiyasi (YeK) bu holatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun taklif bildirishi kerak. Bu haqda bugun, 11 may kuni Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto ma’lum qildi va Bryusselda hali tegishli takliflar bo‘lmaganini ta’kidladi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, embargo Vengriyaga quvur orqali kelayotgan neft ta’minotiga taalluqli bo‘lmasligi kerak. 

“Agar Yevropa Ittifoqining Rossiya neftini import qilishni taqiqlash bo‘yicha taklifi kuchga kirsa, bu Vengriyani barqaror energiya bilan ta’minlashga jiddiy ta’sir qiladi. Bu taklif iqtisodiy atom bombasi bilan bir xil. Vengriyada yonilg‘i narxi 55-60 foizga ko‘tariladi. Ularning qimmatlashishi barcha mahsulotlar narxining ko‘tarilishiga ta’sir qiladi. Mamlakat bunga dosh berolmaydi”, degan Siyyarto.

Kecha, 10 may kuni “Politico” gazetasi Yevropa Ittifoqi Vengriyaga Rossiya neftiga embargoni va umuman Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketini qo‘llab-quvvatlashi uchun tovon puli taklif qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Yevropaning uch rasmiysi Budapeshtga kompensatsiya YeIning yangi energetika strategiyasining bir qismi sifatida o‘tkazilishi kerak bo‘ladi.

YeI mamlakatlari elchilari bir haftadan ko‘proq vaqt davomida Ukrainadagi urush uchun Rossiyaga qarshi oltinchi sanksiyalar paketi parametrlari bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti. Kecha kuni Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Jozep Borrel “bir qator qiyinchiliklar hali ham saqlanib qolayotganini” aytdi. U bu masalani 16 may kuni Yevropa Ittifoqi kengashining Tashqi ishlar vazirlari darajasidagi yig‘ilishida muhokama qilish zarurligini istisno etmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vengriya Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

502

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing