Venesueladagi zilzila qurbonlari 3 mingdan oshdi
Olam
−
10:11 314 1 daqiqa
Venesuelada joriy yilning 24 iyun kuni sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 3 342 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat parlamenti spikeri Xorxe Rodriges ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, joriy yilning 5 iyul holatiga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 16 740 kishi jarohatlangan. Shuningdek, 17 345 kishi boshpanasiz qolgan, 86 mingdan ortiq jabrlangan oilaga yordam ko‘rsatilgan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida 6 462 kishi vayronalar ostidan qutqarib olingan. Bundan tashqari, 23 820 nafar jabrlanuvchiga shifoxona va tibbiyot muassasalarida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan aholiga 9 585 tonna oziq-ovqat tarqatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Venesuelada 24 iyun kuni taxminan 40 soniya farq bilan 7,2 va 7,5 magnitudali ikkita kuchli zilzila sodir bo‘lgan edi. Bu mamlakatda so‘nggi 125 yil ichida kuzatilgan eng kuchli yer silkinishlari hisoblanadi.
Live
Barchasi10:42