Venesueladagi harbiy mashg‘ulotda rus va xitoylar ham bor

Olam

−

visibility20479 timer2 daqiqa

Venesueladagi eng yirik harbiy mashg‘ulotlarda rossiyalik harbiylar ham ishtirok etyapti. Bu haqda mamlakat Qurolli kuchlarining tezkor strategik qo‘mondonligi rahbari Remixio Sebalos "El Mundo" nashriga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar va xitoyliklar harbiy mashg‘ulotlarda maxsus mehmon sifatida ishtirok etyapti. Ammo ularning mashg‘ulotlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Sebalos AQSH mamlakat Qurolli kuchlarini yakson qilishga urinayotganini, biroq bu reja askarlarning milliylikka sodiqligi sababli amalga oshmasligini ta’kidlagan.

"Barcha askarlar Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatlaydi", degan Sebalos.

Venesuela tarixidagi eng yirik "Angosturlarning ikki yuz yilligi" nomli harbiy mashg‘ulotlar kecha, 10 fevral kuni boshlandi. Ochilish marosimida prezident Nikolas Maduro nutq so‘zlab, harbiylar va ko‘ngilli askarlar eng zamonaviy qurollar bilan ta’minlanishi uchun yetarlicha, mablag‘ ajratilishini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Venesuelada Xuan Guaydo o‘zini vaqtincha prezident vazifasini bajaruvchi deb e’lon qildi. AQSH, Kanada va Lotin Amerikasining qator rivojlangan mamlakatlari Guaydoni prezident sifatida tan oldi.
 
Rossiya, Belarus, Boliviya, Eron, Xitoy, Kuba, Nikaragua, Salvador va Turkiya Maduroni qo‘llab-quvvatladi. BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish inqirozni hal qilish uchun tomonlarni muloqot o‘tkazishga chaqirdi.

Shvetsiya, Daniya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Avstriya, Niderlandiya, Germaniya va Fransiya  Guaydoni 4 fevral kuni tan oldi.


Maqola muallifi

Sunnatilla Abdullaev

Baholaganlar

87

Reyting

1.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing