Venesuelada zilzila qurbonlari soni 3,5 mingdan oshdi

Olam

image

Venesuelada joriy yilning 25 iyun kuni yuz bergan ketma-ket kuchli zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 3 535 nafarga yetdi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar qildi.

Qayd etilishicha, tabiiy ofat oqibatida yana 16 740 kishi turli darajada tan jarohati olgan, qidiruv-qutqaruv ishlari esa hamon davom etmoqda. Mamlakat rasmiylari bedarak yo‘qolganlar sonini ochiqlamagan bo‘lsa-da, BMT ularning soni 50 ming nafargacha yetishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Ma’lumot uchun, 25 iyun kechasi Venesuela shimolida, poytaxt Karakas yaqinida 39 soniya farq bilan magnitudasi 7,2 va 7,5 bo‘lgan ikkita kuchli zilzila qayd etilgan. Mutaxassislar ushbu hodisani “seysmik dublet” deb baholamoqda. Bu mamlakatda so‘nggi 125 yil ichidagi eng kuchli zilzila sifatida qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, kecha 6 iyul Venesuelada sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 3 342 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing