Venesuelada saratonga chalinganlar AQSH sanksiyalari tufayli halok bo‘lishi mumkin 

Olam

image

Venesuelada saraton kasalligiga chalinganlar AQSHning ushbu davlatga va Venesuelaning neft kompaniyalaridan biriga qarshi qat’iy sanksiyalari tufayli halok bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Human Rights Watch” xabar bergan.  

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti ekspertlarining ma’lum qilishicha, uchinchi davlatlar, mamlakatlar guruhlari, banklar va xususiy kompaniyalar Venesuela bilan munosabatlarni haddan tashqari ehtiyotkorlik bilan olib borishmoqda, chunki ular AQSH sanksiyalarining bexosdan buzilishidan qo‘rqishadi. Natijada, Venesueladan pul o‘tkazish imkonsiz bo‘lib, ayrim bemorlar davolanishga borgan mamlakatlarida qiynalmoqda”, deyilgan nashrda. 

Davolash Amerikaning Citgo Petroleum kompaniyasining xayriya tashkiloti bo‘lgan Simon Bolivar jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi. Yuzlab venesuelaliklar ularning yordami bilan davolanish uchun chet elga ketgan. 

AQSH Venesuela hukumatining Citgo Petroleum kompaniyasining ustidan nazoratini rad etgach, ularning davolanishi to‘xtatib qo‘yilgan. 

“Human Rights Watch” ekspertlarining ma’lum qilishicha, ushbu holat haqida AQSH hukumati va boshqa mamlakatlarga xabar berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Venesuela

Baholaganlar

27

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing