Venesuelada kuchli zilzila sodir bo‘ldi (video)
Olam
−
25 Sentabr 6800 1 daqiqa
Bugun, 25 sentyabr kuni Venesuelada 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSH Geologiya xizmati xabar berdi.
Yer silkinishi Mene-Grande shahridan shimoli-sharqda 24 kilometr masofada qayd etilgan. Bu shahar Marakaybo ko‘lining sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, mamlakatning neft sanoati uchun muhim hudud hisoblanadi.
Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 23:51 da sodir bo‘lgan va uning chuqurligi taxminan 7,8 kilometrni tashkil qilgan.
Yer silkinishi Karakasda va bir nechta yaqin hududlarda ham sezilgan. Hozircha jabrlanganlar haqida xabar kelib tushmagan. Venesuela Ichki ishlar vaziri Diosdado Kabelo ham katta vayronagarchiliklar kuzatilmaganini tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kamchatkaning Petropavlovsk-Kamchatskiy shahri yaqinida 7,8 magnitudali zilzila yuz bergandi. Zilzila okeanda, shahar markazidan 128 kilometr uzoqlikda qayd etilgan.
Live
Barchasi