Kamchatkada yana kuchli zilzila sodir bo‘ldi (video)
Olam
−
19 Sentabr 8720 1 daqiqa
Kamchatkaning Petropavlovsk-Kamchatskiy shahri yaqinida 7,8 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSH Geologiya xizmati xabar berdi.
Zilzila okeanda, shahar markazidan 128 kilometr uzoqlikda qayd etilgan.
AQSH Geologiya xizmati magnitudani 7,8 deb baholab, zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashganini ma’lum qilgan. Amerika meteorologlari ham sunami xavfidan ogohlantirgan.
Kamchatka o‘lkasi gubernatori Vladimir Solodovning so‘zlariga ko‘ra, barcha xizmatlar yuqori tayyorgarlik rejimiga o‘tkazilgan. U zilzila magnitudasi 7,2 ekanini aytib, yarimorolning sharqiy qirg‘og‘ida sunami xavfi e’lon qilinganini aytgan.
Hozircha vayronagarchilik yoki qurbonlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Qutqaruvchilar ijtimoiy muassasalar va turarjoy binolarini tezkor tekshirishni boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kamchatkada 1952 yildan buyon kuzatilgan eng kuchli zilzila sodir bo‘lgandi. Geofiziklarning baholashicha, bu zilzila an’anaviy subduksion turiga kiradi. Olimlar uning magnitudasini 8,7 deb baholagan.
Live
Barchasi