Venesuela hududiy nizoni tinch yo‘l bilan hal qilmoqchi – Maduro

Olam

image

Venesuela Gayana bilan hududiy nizoni tinch va diplomatik yo‘l bilan hal qilishga intiladi. Bu haqda Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro dushanba kuni “ Venezolana de Television ”  telekanaliga ma’lum qildi.

Nikolas Maduro 14 dekabr kuni Karib dengizidagi Sent-Vinsent va Grenadin orollari shtatida Gayana Prezidenti Muhammad Irfan Ali bilan muzokaralar tashkil etish tashabbusini yuqori baholadi. 

"Men [Gayana prezidenti bilan] yuzma-yuz uchrashuvni Lotin Amerikasi va Karib havzasi uchun katta yutuq deb bilaman. Biz bu haqda doim gapirib kelganmiz, biz Venesuela xalqining ovozi va katta xohish bilan bu yo‘ldan bormoqdamiz.”, dedi prezident. 

Uning ta’kidlashicha, Venesuela "Gayana hukumati va Exxon Mobil kompaniyasining noqonuniy qarorlari tufayli yuzaga kelgan mojaroni tinch diplomatik yo‘l bilan hal qilishga intiladi va yo‘l ko‘rsatadi".

Prezident Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari hamjamiyatiga raislik qiluvchi va Karib dengizi hamjamiyati bilan birgalikda oliy darajadagi hamkorlik hamda Venesuela va Gayana o‘rtasidagi hududiy nizoni hal qilish bo‘yicha muzokaralar tashabbuskori bo‘lgan, Sent-Vinsent va Grenadinlar Bosh vaziri Ralf Gonsalveshga yo‘llagan maktubida minnatdorlik bildirgan. 

Ma’lumot uchun, 6 dekabr kuni Venesuela Milliy assambleyasi (parlamenti) maslahat referendumi natijalariga ko‘ra, Venesuela tarkibidagi Gayana  Essekiboni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Qonun loyihasi bahsli hududda 24-Gayana  Essekibo shtatini yaratishni nazarda tutadi. Shundan so‘ng, Qo‘shma Shtatlar Gayana harbiylari bilan birgalikda havo kuchlari mashg‘ulotlari boshlanganini e’lon qildi.

Venesuela va Gayana o‘rtasidagi  Essekibo daryosining g‘arbidagi 159,5 ming kvadrat kilometrlik hududga egalik qilish bo‘yicha kelishmovchilik 100 yildan ortiq davom etmoqda. Bu hudud Gayananing uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini tashkil qiladi va u yerda 283 ming kishi istiqomat qiladi. Hududiy nizo 2015 yilda kamida 10 milliard barrel neft bo‘lgan konlarning topilishi va chegaralari aniqlanmagan shelfda neft qazib olish uchun Gayana tomonidan Exxon Mobil'ga konsessiya berilishi fonida kuchaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Urush arafasida bo‘lgan Venesuela va Gayana yetakchilari uchrashishi haqida ma’lum qilgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Venesuela Gayana

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing