Venesuela Hukumati Maduroning qayerdaligini bilolmayapti – OAV

Olam

image

AQSH zarbalaridan keyin Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroning qayerda ekanligi noma’lum. Bu haqda “The New York Times” gazetasi xabar berdi. 

“Biz Maduro hozir qayerda ekanligini bilmaymiz. Ammo, u bilan gaplashgan ikki kishining so‘zlariga ko‘ra, uning yaqin doirasining hech bo‘lmaganda bir qismi xavfsiz ko‘rinadi”, deyiladi maqolada.  

Mamlakat rasmiylari AQSHdan Prezidentning tirikligi bo‘yicha kafolat so‘ramoqda. 

Gazeta o‘tgan yilning dekabr oyida Maduro AQSH ma’muriyati Donald Trampning tahdidlari fonida shaxsiy xavfsizligini kuchaytirgani haqida xabar bergan edi. Venesuela hukumatiga yaqin manbalarga ko‘ra, u tez-tez yotoqxonasi va uyali telefonlarini almashtirib turgan. “The New York Times” manbalaridan biri shuningdek, siyosatchi AQSHning potensial zarbasidan himoyalanish uchun shaxsiy himoyasida kubalik tansoqchilarning rolini kengaytirganini ma’lum qilgan.  

3 yanvar kuni Venesuela Tashqi ishlar vazirligi resurslarni egallab olish va rejim o‘zgarishiga olib kelish maqsadida poytaxtga AQSH tomonidan hujum qilinganini bildirdi. Hujumlar fonida Maduro mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi va Mudofaa qo‘mondonligini joylashtirishni buyurdi.

Ko‘p o‘tmay, AQSH Prezident Donald Tramp Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi qo‘lga olinib, mamlakatdan olib chiqib ketilganini ma’lum qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Venesuelaga hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing