WBA Shahram G‘iyosov va Jaron Ennis jangiga buyruq berdi
Sport
−
23 aprel 12896 1 daqiqa
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) o‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov va amerikalik IBF, WBA va The Ring kamarlari sohibi Jaron Ennis o‘rtasidagi jangga buyruq berdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Tashkilot qoidalariga binoan 27 yoshli Ennis Stanionisni mag‘lubiyatga uchratganidan keyin 120 kun ichida o‘z kamarlarini G‘iyosovdan himoya qilishi kerak.

12 aprel kuni Ennis Stanionisni mag‘lubiyatga uchratib, 5 marta IBF kamarini himoya qildi va qo‘shimchasiga WBA kamariga ega bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Ennis profboksda 34-0 rekordga ega. Janglarining 30 tasida raqiblarini muddatidan avval taslim etgan. 31 yoshli G‘iyosov esa profboksda 17-0 rekord sohibi, janglarining 10 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.
Live
Barchasi