Vaziyat jiddiy. Isroil “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi

Olam

image

Isroil Mudofaa kuchlari (IDF) G‘azo sektoridan uyushtirilgan hujumlarga javoban HAMAS'ga qarshi “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi. Bu haqda IDF matbuot xizmati xabar berdi.

“IDF vakili HAMAS harakatiga qarshi operatsiya “Temir qilichlar” deb nomlanganini ma’lum qildi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Shuningdek, Isroil mudofaa kuchlari “urushga shaylik” holatini e’lon qilgan.

“So‘nggi bir soat ichida G‘azodan Isroil tomon katta raketa otishmalari sodir bo‘ldi va terrorchilar Isroil hududiga bir necha turli nuqtalardan kirib keldi. Biz chegaraga yaqin hududlar aholisiga qo‘riqlanadigan hududlarga yaqin bo‘lishni tavsiya qilamiz”, deydi Isroil mudofaa kuchlari.

Shundan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda Isroil fuqarolari chegaraga yaqin hududlarni tark etayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi. 
Isroil armiyasi fuqarolardan ko‘rsatmalarga qat’iy rioya qilishini talab qilgan.

Bu orada Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant askarlar barcha jabhalarda kurashayotganini e’lon qildi.

“HAMAS harakati Isroilga qarshi urush boshlab, jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydi. Isroil askarlari “barcha infiltratsiya nuqtalarida dushmanga qarshi kurashmoqda. Isroil davlati bu urushda g‘alaba qozonadi”, deya ishontirgan vazir.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati harbiy qo‘mondoni Muhammad al-Dayf Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing