Vaziyat yetarli darajada yaxshilandi – Buyuk Britaniya Bosh vaziri
Olam
−
11 may 2020
4930Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson mamlakatdagi maktablar 1 iyundan asta-sekin ochilishi mumkinligini ma’lum qildi.
“Biz do‘konlarning bosqichma-bosqich ochilishini boshlashimiz va boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining maktabga qaytishiga imkon berishimiz mumkin, deb o‘ylaymiz”, dedi Jonson.
Bosh vazir imtihonga kelgan talabalar ta’til oldidan o‘qituvchilar bilan ishlashlari mumkinligiga umid bildirdi. Shuningdek, u cheklovlarni olib tashlash vaziyatning rivojlanishiga bog‘liqligini ta’kidladi.
Bosh vazir Boris Jonson mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat karantinni zaiflashtirish uchun yetarli darajada yaxshilanganini ham aytib o‘tgan.
Jonsonning ta’kidlashicha, karantinni to‘la yumshatishga hali juda erta, ammo choralarni qisman olib tashlash 13 maydan boshlanadi. Bosh vazir Angliya xavfning to‘rtinchi darajasidan uchinchi darajasiga o‘tishi mumkinligini ma’lum qildi.
“Karantin davrida biz to‘rtinchi darajada edik va sizning fidokorona harakatlaringiz tufayli biz hozirda uchinchi darajaga o‘tishni boshlayapmiz”, dedi Jonson shifokorlarga.
Buyuk Britaniyada taxminan 220 ming kishi koronavirusni yuqtirgan.32 mingga yaqin bemor infeksiya sababli vafot etgan. Mamlakat 23 martdan beri karantinda.
LiveBarchasi