Buyuk Britaniya koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga qanday tayyorgarlik ko‘ryapti?
Olam
−
02 iyul 2020
5077Britaniya hukumati har kuni oldingi cheklovlarni tobora zaiflashtirmoqda. Ammo infeksiyaning takroriy tarqalishi bilan izolyatsiya yana qat’iylashtiriladi, deb xabar beradi “Euronews”.
Gempshir sog‘liqni saqlash xizmatining direktori Aleks Uitfildning aytishicha, mamlakat juda qisqa vaqt ichida shifoxonalarning reanimatsiya bo‘limlariga zarur o‘rinlarni ko‘paytirishga muvaffaq bo‘ldi.
“Biz hatto ularning maydonini kengaytirishga muvaffaq bo‘ldik. Bemorlarni davolash va parvarish qilish amalga oshiriladigan qabulxona va bo‘limlarni ajratishga erishdik. Shu bilan birga, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish dasturini ishga tushirdik va bugungi kunda barcha mutaxassislikdagi shifokorlar COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarga yordam ko‘rsatishi mumkin", dedi u.
Endi Britaniya hukumati epidemiyaning ikkinchi to‘lqiniga qarshi kurashda ustuvor yo‘nalish mavjud resurslardan samarali foydalanish va tahdidga tezkor javob qaytarish ekanligini ta’kidlamoqda. Karantin choralari butun mamlakat va uning aholisini “bir joyga qamab qo‘ymasdan” mahalliy sharoitda joriy qilinadi. Ammo, yuqorida aytib o‘tilganidek, faqat vaksina infeksiyaning tarqalishiga qarshi kurashning eng samarali chorasi bo‘lishi mumkin.
Hozirgi kunda Buyuk Britaniyada 314 mingdan oshiq odam virus yuqtirgan, deyarli 44 ming kishi COVID-19 dan vafot etgan.
LiveBarchasi