Britaniyalik shifokorlarga sog‘liqni saqlash tizimini tanqid qilish taqiqlandi
Olam
−
16 may 2020
5650O‘nlab britaniyalik shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, Milliy sog‘liqni saqlash xizmati xodimlari shaxsiy himoya vositalarining yetishmasligi haqida shikoyat qilishlari taqiqlandi. Bu haqda “BBC News“ xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, 100 dan oshiq shifokor amaldorlar tomonidan bosimga uchragan. Xabar qilinishicha, ular endi Milliy sog‘liqni saqlash xizmatini ijtimoiy tarmoqlarda qo‘llab-quvvatlashlari va bu kabi mavzularda jamoatchilikning fikrlarini oldini olishlari kerak.
Jurnalistlar bilan anonim ravishda suhbatlashgan shifokorlar o‘zlari ishlagan klinikalarda vafot etgan hamkasblari haqida gapirish taqiqlanganini aytishdi. Ularning kamida bittasiga ish topishda qiyinchilik va obro‘siga putur yetkazish bilan tahdid qilingan.
Avvalroq, aprel oyi oxirida Germaniya va Fransiya shifokorlari onlayn norozilik o‘tkazdilar. Ular himoya vositalarining yetishmasligi muammosiga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish uchun yalang‘och suratlarga tushib ijtimoiy tarmoqlarga joylashgan.
LiveBarchasi