Vaziyat og‘ir: O‘zbekistonda yana bir kishi koronavirusdan vafot etdi
Jamiyat
−
06 iyul 2020
21366O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holatlari ko‘payib bormoqda. Mamlakatda bugun, 6 iyul holatiga ko‘ra, 35-o‘lim qayd etildi.
Navbatdagi holat ham Toshkent shahrida aniqlangan. Olmazor tumanida yashovchi 67 yoshli L.M. (erkak kishi) joriy yil 26 iyundan tomog‘ida og‘riq, tana harorati ko‘tarilgan, ammo shifokorga murojaat qilmasdan uyida davolangan.
1 iyul kuni esa yo‘tali kuchayib, nafas siqishi belgilari paydo bo‘lgach, tez yordam chaqirgan va tez tibbiy yordam mashinasida Toshkent shahar 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan.
Shu kuni undan COVID-19 infeksiyasiga tahlil olinib, zudlik bilan reanimatsion muolajalar boshlangan. Bemorga o‘tkir miokard infarkti, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetishmovchiligining 2-darajasi, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligi” tashxisi qo‘yilgan. Unda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.
Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli shifokorlar tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar