Vaziyat keskinlashyapti. Ozarbayjondagi qishloq o‘qqa tutildi

Olam

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston harbiylari Tovuz tumanidagi Dondar Qushchu qishlog‘ini yirik kalibrli qurol va artilleriyadan o‘qqa tutganini ma’lum qildi.

“Armaniston Qurolli kuchlari bo‘linmasi Tovuz tumanidagi Dondar Qushchu qishlog‘ini yirik kalibrli qurol va artilleriya qurilmasidan o‘qqa tutdi. Qishloq aholisi jabrlanmadi”, degan Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Matbuot kotibi, polkovnik Vagif Dargyaxli.

Ozarbayjon ham jim turgani yo‘q. Mamlakat Mudofaa vazirligi rasmiy saytida Armaniston harbiy ob’ektlari yo‘q qilingani aks etgan videoni e’lon qildi.

Vaholanki, bir kun avval Armaniston Mudofaa vazirligi chegarada vaziyat nisbatan barqaror ekanini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, 12 iyul kuni Ozarbayjon va Armaniston chegarasidagi tovuz tumanida qurolli to‘qnashuv yuz berdi. 

Ozayrbayjon Mudofaa vazirligi chegaradagi pozitsiyalari Armaniston kuchlari tomonidan o‘qqa tutilganini ma’lum qildi. Armaniston ham o‘z navbatida buning aksini aytib chiqdi. 

Ozarbayjon tomoni to‘qnashuvda 4 nafar harbiy halok bo‘lganini bildirdi. Armaniston esa 2 politsiya xodimi va uch askar o‘lganini aytdi. Rasmiy Yerevan Baku har 15-20 daqiqada Armaniston hududiga hjum qilib turganini iddao qildi.

Qayd etish kerakki, Armaniston va Ozarbayjonning hududiy muammosi so‘nggi 30 yildan beri davom etyapti. Buning sababi Armanistonning Ozarbayjonga tegishli bo‘lgan Tog‘li Qorabog‘ni egallab olishidir. Xalqaro hamjamiyatning e’tirozlariga qaramay Armaniston Tog‘li Qorabog‘ni Ozarbayjonga qaytarmay keladi.

Vaziyat shu darajadaki, agarda ikki tomon ham tinchlanmasa davlatlar o‘rtasida urush boshlanishi ham mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

625

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing