“Zam”larning soni 63 taga qisqartirilmoqda

Jamiyat

image

Bugun, 25 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14 sonli farmoni imzolandi. 

Farmon bilan vazirlik va idoralarda byudjet va nobyudjet mablag‘laridan moliyalashtiriladigan jami 17 447 ta boshqaruv va ishlab chiqarish shtat birliklari qisqartirilmoqda.  Shu jumladan, vazirlik va idoralar rahbarlari o‘rinbosarlari soni 207 nafardan 144 nafargacha (-63) yoki 30 foizga kamaytiriladi.

Hujjatga ko‘ra, hukumatga bo‘ysunadigan mustaqil vazirlik va idoralar soni 26 ta etib belgilandi. Ular tarkibiga kirgan barcha qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar bilan birga jami 69 ta, shu jumladan:
vazirliklar – 21 ta;
qo‘mitalar – 12 ta, shundan 2 tasi mustaqil maqomga ega;
agentliklar – 25 ta, shundan 3 tasi mustaqil maqomga ega;
inspeksiyalar – 11 ta.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Vazirlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing