Vazirlik o‘qishni ko‘chirish (tiklash) istagidagi fuqarolarga murojaat qildi

Jamiyat

image

2020/2021 o‘quv yili uchun OTMlarga o‘qishini ko‘chirish (tiklash) istagini bildirgan fuqarolardan arizalar (hujjatlar) transfer.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinmoqda. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi onlayn arizalarda yo‘l qo‘yilayotgan eng ko‘p kamchiliklar haqida ma’lumot berdi.

Qabul qilingan aksariyat hujjatlar quyidagi sabablarga ko‘ra kamchiliklarni to‘g‘rilab, qayta yuborish uchun qaytarilmoqda:

•    pasport nusxasi (doimiy yashash manziliga ro‘yxatga qo‘yilgan beti bilan birga) to‘liq yoki sifatli yuklanmagan (zero o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqishda talabaning doimiy yashash manzili asoslovchi sabablardan biridir);

•    OTMda o‘qiyotganlik (o‘qiganlik) to‘g‘risidagi belgilangan shakldagi hujjat (akademik ma’lumotnoma yoki reyting daftarchasi yoki transkript) nusxasi to‘liq yoki sifatli yuklanmagan;

•    o‘qigan (o‘qiyotgan) OTM yoki ta’lim yo‘nalishi nomi to‘liq kiritilmagan;

•    mavjud bo‘lmagan OTM yoki ta’lim shakli yoki ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tilgan.

O‘qishini ko‘chirish (tiklash) bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tayotgan fuqarolarning yuqoridagi holatlarni inobatga olishlari so‘raladi. 

O‘qishini ko‘chirish (tiklash) bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan ammo arizalari dastur orqali rad etilgan fuqarolardan qayd etilgan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etgan holda kamchiliklarni to‘g‘irlab qayta jo‘natishlari o‘tishlari so‘raladi.

Shu bilan birga, ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolardan o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib (ro‘yxatdan o‘tishdagi login va parol orqali) arizalarining ko‘rib chiqilish holatlarini doimiy kuzatib borishlari so‘raladi. 

Eslatib o‘tiladi: o‘qishni ko‘chirish (tiklash) bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishning so‘ngi kuni 2020 yil 5 avgust.


Maqola muallifi

Teglar

OTM

Baholaganlar

267

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing