Vazirlik metro va teledebatdagi elektr uzilishini izohladi

Jamiyat

image

Kecha, 27 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi bilan bog‘liq muammo tufayli Toshkent metrosining “O‘zbekiston” yo‘nalishidagi “G‘afur G‘ulom”, “Alisher Navoiy” bekatlarida yoritish uskunalarida nosozlik hamda eskalatorlar to‘xtab qolganligi va Toshkentda jonli efirda ko‘rsatilayotgan saylov debati elektr o‘chgani sabab uzilib qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holatlar yuzasidan O‘zbekiston Energetika vazirligi quyidagilarni ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 27 noyabr kuni soat 10:42 da Shayxontohur tumanida joylashgan 35 kVli “Shayxontohur” podstansiyadagi yuqori kuchlanishli “Shayxontohur 1” yo‘nalishli kabel tarmog‘i shikastlanishi natijasida qisqa muddatli uzilish bo‘lgan hamda shu zahoti avtomatik ravishda zahiradagi kabel tarmog‘iga ulangan. Soat 10:43 da elektr energiyasi to‘la quvvat bilan uzatila boshlangan. 

Shuningdek, Toshkentda jonli efirda ko‘rsatilayotgan saylov debati elektr o‘chgani sabab uzilib qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Milliy televideniyesi ham ushbu Shayxontohur tumanida joylashgan 35 kVli “Shayxontohur” podstansiya (Ya’ni metropoliten bilan bitta podstansiya) orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. Metropolitenda zahiradagi kabel tarmog‘i borligi tufayli 1 daqiqada muammo bartaraf etilgan. 

Xalqaro press-klubning 27 noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan matbuot markazidagi efirga uzatilgan Press-konferensiyasi vaqtida elektr ta’minotida 5-7 daqiqa uzilish bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiyasi metro debat

Baholaganlar

76

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing