Vazirlik magistraturaga hujjat topshirganlarga murojaat qildi
Jamiyat
−
04 avgust 2020
11327Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’lim muassasasining magistratura bosqichiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirganlarga murojaat qildi.
Unga ko‘ra, davlat OTMlarining magistraturasiga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun magistr.edu.uz onlayn ariza topshirish tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan, biroq, oliy ta’lim muassasalari tomonidan tekshiruv natijasi bo‘yicha turli sabablarga ko‘ra arizalari rad etilgan abituriyentlarga hujjatlaridagi mavjud kamchiliklarni joriy yilning 4 avgust kuni soat 11:00 dan 6 avgust kuni soat 11:00 ga qadar qayta tahrirlashlari uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan imkoniyat yaratiladi.
“Ushbu vaqt davomida kamchiliklarni to‘liq bartaraf etmagan abituriyentlarning arizalari qayta ko‘rib chiqilmaydi hamda ular kirish imtihonlariga kiritilmaydi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, magistratura bosqichiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 30 iyul kuni yakunlangandi. Imtihonlar esa 3-20 avgust kunlari onlayn o‘tkazilishi kerak edi. Ammo karantin cheklovalari sababli imtihon muddatida o‘tkazilmadi.
LiveBarchasi