Vazirlik karantin davrida qurilish ishlari qanday olib borlishini tushuntirdi
Jamiyat
−
24 aprel 2020
5286O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi va Maxsus shtabning qo‘shma qarori bilan iqtisodiyot tarmoqlarining muhim yo‘nalishlari va yirik ishlab chiqarish tashkilotlarini faoliyatini davom ettirish, shuningdek, yirik qurilish ob’ektlarida qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini davom ettirishga ruxsat berilgandi.
Ammo endilika hozirgi pandemiya davrida qurilish ishlari sifatini nazorat qilish masalasi o‘rtaga chiqdi. Qurilish vazirligi Matbuot kotibi Jamoliddin Qalandarov bu masalaga oydinlik kiritdi.
“Sohadagi nazorat tizimi bir necha bosqichli bo‘lib, bularga texnik nazorat, mualliflik nazorati, ichki nazorat va inspeksiya nazorati kiradi.
Albatta, bu ishlar Respublika maxsus komissiyasi tavsiyalariga ko‘ra masofadan turib amalga oshirilishi, bunda video kuzatuv, axborot almashuvining elektron tizimi, kunlik foto va video hisobotlardan keng foydalaniladi. Ushbu hisobotlar “vaxta” uslubida ishlaydigan pudrat tashkilotlarning ichki nazorat xodimlari tomonidan tayyorlab boriladi.
Qurilish ob’ektiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish holatlarida xodimlar himoya vositalari bilan to‘liq ta’minlanishi uchun tegishli tashkilotlar tomonidan choralar ko‘rilgan”, dedi vazirlik vakili.
U shuningdek, hozirda barcha ishlab chiqaruvchilarga internetda o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xaridorlar bilan aloqalar o‘rnatish va mahsulotlarni maxsus dezinfeksiya qilingan avtomobillarda qurilish joyiga yetkazib berish bo‘yicha ham vazifalar yuklanganini aytib o‘tdi.
Jamoliddin Qalandarov Karantin vaqtida loyiha-smeta xujjatlarini ekspertiza qilish tartibi haqida ham ma’lumot berdi.
“Respublika miqiyosida maxsus guruh tuzilgan bo‘lib, loyihalarning 90 foiz elektron shaklda qabul qilinishi yo‘lga qo‘yildi. Aslida bu tizim joriy yilning avgust oyida ishga tushishi belgilangan edi, lekin bugungi karantin davrida ishlarning uzluksiz davom etishini ta’minlash va buyurmachilarga qulaylik yaratish maqsadida vaqtliroq ishga tushirildi.
Bunda, bu tizim orqali inson faktori oldini olingan, ya’ni"buyurmachi" va ekspertiza vakili bir-birini ko‘rmaydi”, dedi Jamoliddin Qalandarov.
Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi va Maxsus shtabning qo‘shma qarori joriy yilning 14 aprel kuni qabul qilingandi. Qaror bilan karantin vaqtidagi yangi chora-tadbirlar belgilangandi.
LiveBarchasi