Vazirlar Shavkat Mirziyoyevning RFga tashrifini muhokama qildi

Jamiyat

image

Bugun, 24 yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefonda muloqot qildi.

RF TIV Matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, qo‘ng‘iroq O‘zbekiston tomonning taklifi bilan amalga oshirilgan.

Tomonlar Lavrovning Toshkentga tashrifi davomidagi muzkaralar yakunini muhokama qilishgan. Shuningdek, muloqot davomida O‘zbekiston Respubliksi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifiga tayyorgarlik masalalariga ham to‘xtalib o‘tilgan. 

Suhbat davomida Sergey Lavrov Abdulaziz Komilovni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri etib qayta tayinlangani bilan tabriklagan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi fevral oyiga rejalashtirilgan. Bu masalaga Lavrovning Toshkentda Mirziyoyev bilan uchrashuvi vaqtida ham to‘xtalib o‘tilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov O'zbekiston-Rossiya Sergey Lavrov

Baholaganlar

170

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing